Individual rivojlanish rejasi
70-20-10 modeli
Rahbarning roli
IRR — bu xodim rivojlanishini biznes maqsadlari bilan bog‘lashga yordam beradigan ishchi vositadir
Ta’lim va kasbiy rivojlanishning eng samarali yondashuvlaridan biri. Modelning asosiy g‘oyasi – siz qanday qilib yangi ko‘nikmalarni o‘zlashtirishingiz va malakangizni oshirishingiz mumkinligidan iborat
  • Asosiy kompetensiyalarga e’tibor qaratib, 1-3 ta eng muhim kompetensiyani tanlaymiz
  • Aniq harakatlar –IRRda aniq qadamlar bo‘lishi kerak
  • 70:20:10 modeli asosida IRRni to‘ldiramiz, rivojlanish maksimal darajada amaliy bo‘lishi uchun
  • Realistiklik – rivojlanishga oqilona muddatlarda erishish mumkin bo‘lishi kerak
  • O‘lchovlilik: aniq ko‘rsatkichlarni belgilaymiz
  • IRRni tuzish rahbar va xodimning mas’uliyati
  • Rahbar tomonidan qo‘llab-quvvatlash – xodim rivojlanish jarayonida yolg‘iz qolmasligi kerak
IRR tuzishda nimalarga e’tibor berish muhim?
IRRning asosiy elementlari
1. Rivojlanish maqsadini ko‘rsatish
2. Kompetensiyalarni ko‘rsatish:
IRRga Hard Skills va Soft Skills kiritilishi mumkin
3. Kompetensiyalarni rivojlantirish rejasini tuzish
70–20–10 modeliga asosan
70% — tajriba orqali rivojlanish, shu jumladan loyihalarda ishtirok etish va yangi vazifalarni mustaqil bajarish
Shakllari:
  • Real loyihalar
  • Rolli o‘yinlar
  • Trening simulyatorlari

20% — muloqot orqali rivojlanish, masalan, murabbiylik, fikr-mulohaza olish va tajriba almashish orqali:
  • Mentorlik
  • Fikr-mulohaza (feedback)
  • Tajriba almashish (eng yaxshi amaliyotlar)
  • Jamoalararo loyihalar
  • Ichki bilimlar bazasini yaratish
  • Shadowing (kuzatib o‘rganish)
  • Juftlikda ishlash

10% — formal ta’lim orqali rivojlanish, masalan:
  • Kurslar
  • Treninglar
  • Kitoblar
  • Vebinarlar
Rahbar nima qiladi:
  • Xodim bilan birgalikda IRRni tuzadi, biznes va xodim uchun muhim kompetensiyalarni tanlaydi
  • Rivojlanish imkoniyatlarini yaratadi (loyihalarda ishtirok, vazifalarni taqsimlash, mentor tayinlash)
  • Muntazam fikr-mulohaza beradi (nima yaxshi chiqyapti, nimani yaxshilash mumkin)
  • Rivojlanishga to‘sqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etishga yordam beradi (masalan, xodim operatsion ishlar bilan band bo‘lsa)
  • IRR bajarilishini nazorat qiladi va zarurat bo‘lsa uni tuzatadi
Rahbar – xodimlar rivojlanishida asosiy shaxs. Agar rahbar jarayonni qo‘llab-quvvatlamasa, IRR oddiy “qog‘ozdagi hujjat”ga aylanib qoladi
Namuna bilan tanishib chiqing, ushbu hujjatni nusxalang, undan o‘z jamoalaringizda foydalaning
Foydali maslahat: IRRni 10\20\70 tamoyili asosida to‘ldirishni boshlang
Modelga asosan:

  • 70% o‘rganish amaliy tajriba, ya’ni real ish topshiriqlarini bajarish orqali amalga oshiriladi
  • 20% o‘rganish muloqot va tajriba almashish, shu jumladan murabbiylik, fikr-mulohaza olish va hamkasblar bilan o‘zaro hamkorlik orqali ta’minlanadi
  • 10% o‘rganish kurslar, ma’ruzalar, treninglar va kitoblar kabi formal ta’limdan iborat