Yetakchi rollari
Turli vaziyatlarda yetakchi jamoa bilan muloqot qilish usullarini moslashtirgan holda turli rollarni bajarishi mumkin
Mediator
Jamoaga nizolarni hal qilishda yordam beradigan, ishtirokchilar o‘rtasida samarali va ijobiy munosabatlarini ta’minlaydigan hamda jamoa ichida yaxshi muhit yaratadigan yetakchi
Методичность
Mediator
Moderator
Fasilitator
Mediatorning asosiy vazifalari:

  • Jamoadagi emotsional taranglikni kamaytirish

  • Ochiq fikr-mulohaza madaniyatini shakllantirish

  • Hamjihatlik o‘rnatish

  • Barchani qoniqtiradigan yechimlarni topishda yordam

  • Ijobiy muhit yaratish
Qachon mediator bo‘lish kerak?

  • Jamoa ichida nizolar yuzaga kelganda

  • Emotsional muhitni yaxshilash zarur bo‘lganda

  • Muloqot o‘zaro xafalik va tushunmovchiliklar bilan murakkablashgan vaziyatlarda
Jamoaviy muhokama jarayonini boshqaradigan va guruhni aniq, tushunarli hamda o‘zaro maqbul qarorlarga olib boradigan yetakchi
Moderator
Moderatorning asosiy vazifalari:

  • Maqsad va vazifalarni aniqlash

  • Jarayonlar va ularning samaradorligini baholash

  • O‘zgarishlarni ishga tushirish

  • Munozarani boshqarish va fikrlarni tizimlashtirish
Qachon moderator bo‘lish kerak?

  • Strategiyani muhokama qilish va harakatlarni rejalashtirishda

  • O‘zgarishlarni joriy etishda

  • Eng yaxshi yechimlarni topish uchun aqliy hujumlar va yig‘ilishlarda
Fasilitator
Jamoaning samarali ishlashini tashkil etadigan, qulay sharoitlarni ta’minlaydigan va ishtirokchilarning samarali hamkorligini rag‘batlantiradigan yetakchi
Fasilitatorning asosiy vazifalari:

  • Ish joyi va jarayonlarni tashkil etish

  • Xavfsiz va ishonchli muhitni shakllantirish va qo‘llab-quvvatlash

  • Fikr va g‘oyalar almashuviga yordam berish

  • Muloqot uchun to‘siqlarning oldini olish va bartaraf etish
Qachon fasilitator bo‘lish kerak?

  • Jamoaviy ish boshlanishida

  • Ishlash qoidalarini yaratishda

  • Muloqotga xalaqit beradigan taranglik paydo bo‘lganda
Qiziqarli fakt
Qiziqarli fakt – Tabiatda fasilitatorning roli
Tabiat olamida barg kesuvchi chumolilar fasilitatsiya ko‘nikmalarini namoyish etadi. Bu hasharotlar murakkab ijtimoiy tuzilmalarda faoliyat yuritadi, bunda har bir individ o‘ziga xos vazifani bajaradi

Chumolilar orasidagi fasilitatorlar butun koloniyaning harakatlarini muvofiqlashtiradi, samarali muloqot va resurslarni taqsimlashni ta’minlaydi.
Barg kesuvchi chumolilar yer ostida murakkab fermalar yaratib, u yerda yig‘ilgan barglarda zamburug‘larni o‘stiradi. Fasilitatorlar barg yig‘ishdan tortib zamburug‘larni parvarishlashgacha bo‘lgan barcha jarayonlar uzluksiz kechishini nazorat qiladi
Ushbu rollarni birlashtirib, yetakchi jamoadagi vaziyatga moslashuvchan javob bera oladi, konstruktiv ish olib borish, samarali muhokama va vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish uchun zarur sharoitlarni yaratishi mumkin.

Shu tariqa, barcha uch rolning ahamiyatini anglaydigan va ularni amalda qo‘llay oladigan yetakchi jamoa bilan ishlashda maksimal natijalarga erishadi